Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
Bunday dorilar ichida keng qo‘llaniladigan antatsidlar, paratsetamol, qon bosimini tushiruvchi vositalar, antibiotiklar bor.
Hindistonning dori vositalarini tartibga soluvchi organi (CDSCO) 50 dan ortiq dori vositalari, jumladan, keng qo‘llaniladigan antatsidlar va paratsetamolning ayrim partiyalari sifatsiz yoki qalbaki ekanini aniqladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Nazorat organi mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladigan muntazam tekshiruvlardan so‘ng, sifatsiz yoki qalbaki dori vositalarining oylik ro‘yxatini e’lon qilib boradi.
CDSCO ba’zi dorilarning «standart sifatga ega emasligini» aniqlagan. Jumladan, avgust oyidagi ro‘yxatga antatsid Pan-D, infeksiyaga qarshi Cepodem dorisi, Pure & Cure Healthcare tomonidan ishlab chiqarilgan vitamin va kalsiy tabletkalari, shuningdek, bir qancha antibiotiklar kiritilgan.
Shuningdek, Sun Pharmaceutical Industries tomonidan ishlab chiqarilgan mashhur antatsid Pantoprazol dorisining qalbaki partiyasi aniqlangan. O‘pkada yuqori qon bosimini davolashda qo‘llaniladigan Pulmosil ham qalbaki bo‘lib chiqqan.
«Dori sifat standartlariga javob bermasligi aniqlanganda, dori vositalarini tartibga soluvchi organ ishlab chiqaruvchiga mahsulot partiyasini tekshirish va qaytarib olish to‘g‘risida xabar beradi. Kompaniyalar, shuningdek, soxtalashtirish ehtimolini tekshirish uchun qolgan namunalar bo‘yicha o‘z sinovlarini o‘tkazmoqda», dedi Rajiv Singhal, Hindiston kimyogarlari va farmatsevtlari bosh kotibi.
Reuters agentligining ta’kidlashicha, dunyoning eng yirik dori ishlab chiqaruvchilari va eksportchilaridan biri bo‘lgan Hindiston yo‘tal siroplari Gambiya, O‘zbekiston va Kamerunda bolalar o‘limiga aloqador bo‘lganidan keyin o‘ziga bo‘lgan ishonchni tiklash ustida ishlamoqda.
Mavzuga oid
18:07
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
23:22 / 18.12.2024
Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari 2028 yilgacha uzaytiriladi
11:42 / 18.12.2024