Kuvayt, Singapur va Norvegiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi
Gallup so‘rovi 140 mamlakat va mintaqadagi 15 va undan katta yoshdagi kattalar o‘rtasida o‘tkazildi.
Global xavfsizlik bo‘yicha Gallup tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Kuvayt, Singapur, Norvegiya, Saudiya Arabistoni va Tojikiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlar sanaladi. Bu davlatlar aholisining ko‘pchiligi hatto kunning kech soatlarida ham o‘zini xavfsiz his qilishini aytgan.
24 sentabr kuni Gallup tadqiqot tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Global xavfsizlik hisobotida aytilishicha, Kuvayt 2023 yilda jamoat xavfsizligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi, so‘rovda ishtirok etganlarning 99 foizi tunda shahar yoki mahallada yolg‘iz yurganda o‘zini xavfsiz his qilishini aytgan. Bu ko‘rsatkich Singapurda 94 foiz, Norvegiya, Saudiya Arabistoni va Tojikistonda 92 foizga teng.
Shu bilan birga, Ekvador dunyodagi eng xavfli mamlakat sanalmoqda. 2023 yilda ekvadorliklarning atigi 27 foizi tunda yolg‘iz sayr qilishda o‘zini xavfsiz his qilishini aytgan. Qayd qilinishicha, Ekvador Covid-19 pandemiyasidan keyin xavfsizlik inqiroziga tushib qolgan va global kokain savdosi markaziga aylangan. Oqibatda, qurolli to‘qnashuvlar va qotilliklar keskin oshgan.
Reytingga ko‘ra, Afrikaning Botsvana, Liberiya va JAR kabi davlatlar ham eng xavfli mamlakatlar qatorida sanalmoqda.
Reytingda O‘zbekiston bo‘yicha ma’lumotlar keltirilmagan.
Gallup tadqiqotiga ko‘ra, 2023 yilda butun dunyo bo‘ylab katta yoshlilarning 70 foizi kech soatlarda sayr qilishda o‘zini xavfsiz his qilgan. Bu ko‘rsatkich pasaygani ta’kidlanmoqda – 2020 yilda 72 foiz edi.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024