Toshkentda erkak shifokor muolaja paytida ayol mijozini o‘pib olgani uchun jazolandi
Sud huquqbuzarga shilqimlik qilgani uchun 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan. Hodisa “PLAN BABY” xususiĭ klinikasida sodir bo‘lgan. 55 yoshli lor shifokor sudda aybiga iqrorlik bildirib, "ayolni yaxshi kŭrib qolganidan ŭpganini, ŭzini tutib tura olmaganini" aytgan.
Kun.uz mazkur ish doirasida chiqarilgan sud qarorlari bilan tanishdi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi E.B. (ayol kishi) muolaja olish maqsadida “PLAN BABY” xususiy klinikasiga borganida, unga oldindan tanish bo‘lmagan lor shifokor N.I. yuz qismiga tibbiy muolaja qilayotgan vaqtida, nomaqbul hamda sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudining 2024 yil 23 sentabrdagi qarori bilan N.I. MJtKning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, 5 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Sudda so‘roq qilingan N.I. aybiga iqrorlik bildirib, E.B.ni yaxshi ko‘rib qolganidan o‘pganini, o‘zini tutib tura olmaganini, qilgan ishidan pushaymonligini aytib, kechirim so‘ragan.
Apellyatsiya instansiyasi sud qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan.
Mavzuga oid
16:35
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
11:06 / 20.12.2024