Jamiyat | 07:53 / 28.09.2024
5108
1 daqiqa o‘qiladi

Tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi 

Toshkent shahar Sergeli tumanida tilanchilik uchun o‘zining 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak qamaldi. 

Foto: Videodan kadr

IIBB xabariga ko‘ra, u o‘zining o‘n yoshli farzandini ko‘chaga tilanchilik uchun chiqarib, kuzatib turgan vaqtida xodimlar tomonidan ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. 

Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan o‘n sutka ma’muriy qamoq jazosi, BHMning bir barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Bundan avval Uchtepa tumanidagi masjidlar atrofi va chorrahalarda o‘tkazilgan reyd davomida tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan 26 nafar ayol aniqlangan edi. 

Mavzuga oid