O‘zbekiston | 17:00 / 30.09.2024
18081
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yangilangan Kia K5 Turbo intereri: zamonaviylik va qulaylik

Foto: Kia

Yangilangan Kia K5 Turbo bu — shunchaki sedan bo‘lib qolmay, balki zamonaviy texnologiyalar, o‘zgacha uslub va qulaylikning haqiqiy ifodasi hisoblanadi. K5 yangi avlod intereri alohida e’tiborga loyiq, chunki u sinovdan tekshirilgan ergonomika, premium materiallar va raqamlashtirish sohasidagi eng yangi ishlanmalarni o‘zida birlashtiradi.

Interer umumiy dizayni

Yangilangan K5 Turbo intererining dizayni o‘zining jo‘shqinligi va har bir detalning puxta o‘ylangani bilan ajralib turadi. Minimal darajadagi yondashuv, to‘g‘ri chiziqlar va ravon bukilishlar kenglik va premiumlik tuyg‘usini yaratadi. Markaziy konsol haydovchiga biroz burilgan holda qaratilgan bo‘lib, unga yo‘naltirilgani, avtomobil boshqarishni yanada qulaylashtiradi.

Salondagi materiallar yuqori sifati bilan t aassurot qoldiradi: charm, yumshoq plastik va metall bezak qo‘shimchalari uyg‘unlashib, yoqimli taktil muhitni yaratadi. Yuqori komplektatsiyalarda tabiiy charm va yog‘och yoki alyuminiydan dekorativ bezaklar ishlatilishi umumiy uslubga nafislik qo‘shadi.

Raqamli panel va multimedia

Kia K5 Turbo’ning asosiy yangilanishlaridan biri - bu yagona keng manzarali ekranga uyg‘unlashgan holda birlashtirilgan 12,3 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va 12,3 displeyli multimedia tizimi hisoblanadi. Qurilmalar paneli haydovchini tezlik, avtomobil tizimlari va yo‘ldagi vaziyat to‘g‘risida barcha zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Yuqori sifatli grafika va tushunarli interfeys tufayli ma’lumotni o‘qish osonroq va tezroq bo‘ladi.

12,3 dyuym ekranli multimediya tizimi Apple CarPlay va Android Auto’ning so‘nggi versiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa avtomobilda smartfondan foydalanishni maksimal darajada qulay qiladi. Navigatsiya tizimi tez va aniq ishlaydi, ovozli boshqaruv esa yo‘ldan chalg‘imasdan funksiyalar bilan oson muloqot qilish imkonini beradi.

Qulaylik va ergonomika

Kia K5 Turbo’ga e’tiborni tortadigan asosiy omillardan biri - bu avtomobil salonining puxta o‘ylangan ergonomikasi hisoblanadi. Haydovchiga qulaylik yaratish uchun multimedia tizimi, iqlim nazorati va yordamchi assistentlarining barcha boshqaruv vositalari qo‘l ostida bo‘lib, yo‘ldan chalg‘ish zaruratini kamaytiradi.

Isitiladigan va yumshoq charm qoplamali rul hatto sovuq kunlarda ham avtomobilni boshqarishni yoqimli qiladi. Isitish va ventilyatsiya funksiyasiga ega old tomon o‘rindiqlari har qanday ob-havoda qulaylikni ta’minlaydi, elektr yuritmalari esa o‘rindiq holatini shaxsiy xohish-istaklarga ko‘ra oson sozlash imkonini beradi. Bel sohasini ushlab turish tizimi bir necha yo‘nalishda sozlanishi ayniqsa uzoq safarlar uchun muhimdir. Orqa qator yo‘lovchilari ham e’tibordan chetda qolmadi - ular o‘rindiqlarni isitishni yoqishlari, orqa tirsakqo‘ygichga o‘rnatilgan maxsus tugmalar yordamida multimedia tizimini boshqarishlari mumkin.

Ilg‘or texnologiyalar

Kia K5 Turbo intereri innovatsiyalarga boy. 7 ta dinamiklarga ega JBL akustik tizimi yo‘lovchilarni jonli konsert muhitiga sho‘ng‘itib, kristall kabi sof va hajmli ovozni ta’minlaydi. Smartfonlar uchun simsiz quvvatlash va salonning old va orqa qismlarida bir nechta USB-portlar zamonaviy haydovchi va yo‘lovchilar uchun qulay yechimlardir.

Iqlim nazorati haydovchi va old tomon yo‘lovchi uchun haroratni alohida tartibga solish imkonini berishi, har qanday sayohatni yanada qulaylashtiradi. Shuningdek, salonni chang va yoqimsiz hidlardan tozalash uchun havoni ionlashtirish funksiyasi ham mavjud.

Kenglik va qulaylik

Yangilangan Kia K5 Turbo jo‘shqinli tashqi dizaynga qaramay, salondagi kenglik bilan hayratda qoldiradi. G‘ildiraklar bazasining oshishi tufayli mazkur biznes-sedan saloni o‘zining sinfida eng kengidir. Orqa tomon o‘rindiqlari oyoq uchun yetarli joyni ta’minlashi tufayli yo‘lovchilarga uzoq sayohatlarda ham qulay joylashishga imkon beradi. Yuk xonasining hajmi 500 litrni tashkil etgani bois avtomobilni oilaviy safarlar va uzoq muddatli sayohatlar uchun qulay qiladi.

Yangilangan Kia K5 Turbo - premium darajadagi qulaylikni o‘zingizga havola qiling.

Mavjud modellar va komplektatsiyalarning to‘liq ro‘yxatini olish, shuningdek, to‘lov turlari bilan quyidagi telefon orqali: (+998) 55−500−83−33, veb-sayt, Telegram-botda yoki rasmiy Kia dilerlik markazlariga murojaat qilib tanishish mumkin.

Rasmiy dilerlik markazlaridan sotib olingan barcha Kia avtomobillariga 5 yil yoki 150 000 km bosib o‘tgan yo‘l masofasigacha kafolati amal qiladi.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | Telegram-bot |  YouTube

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid