Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
Ikki soat davom etgan yong‘inni o‘chirish operatsiyasiga favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshevning o‘zi voqea joyida rahbarlik qilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida FVVga ma’lumot kelib tushmagan.
Toshkent davlat agrar universiteti hududida 30 sentabr oqshomda yirik yong‘in soat 21:36 da qurshab olinib, 22:10 da batamom o‘chirildi, deya xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Qayd etilishicha, yong‘in haqidagi xabar soat 20:10 da kelib tushgan bo‘lib, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida FVVga ma’lumot kelib tushmagan.
Yong‘inni bartaraf etish jarayonini favqudodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev bevosita voqea joyidan boshqarib bordi, deyiladi xabarda.
Rasmiy axborotda qancha maydonni qamrab olganiga aniqlik kiritilmagan. Favqulodda vaziyatning ehtimoliy sabablari ham noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
13:18
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
18:02 / 21.12.2024