Fan-texnika | 23:20 / 03.10.2024
16134
2 daqiqa o‘qiladi

Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi uchta asosiy qo‘rquvini aytdi

Tadbirkor kelajakda sun’iy intellekt ustidan nazoratni yo‘qotishi mumkinligidan xavotirda, biroq sun’iy intellekt uchun energiya xarajatlarining oshishi uni bezovta qilmaydi.

Foto: Getty Images

Microsoft asoschisi Bill Geyts yangi intervyusida sun’iy intellektning (SI) rivojlanishi bilan bog‘liq asosiy qo‘rquvlari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbirkor sun’iy intellektning porloq kelajagiga ishonsa-da, e’tiborga muhtoj bo‘lgan uchta asosiy muammoni aniqladi. Bu haqda Business Insider xabar berdi.

Birinchidan, u «yomon niyatli odamlar sun’iy intellektni kiberjinoyat, bioterrorizm va urush uchun ishlatishidan» xavotirda. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilarga qarshilik ko‘rsata oladigan va bir qadam oldinda bo‘ladigan sun’iy intellektni yaratish kerak.

Ikkinchidan, Geyts sun’iy intellektning mehnat bozoriga ta’siridan xavotirda. Agar yaxshi o‘rgatilsa, tibbiy SI vositalari aniq tashxis qo‘yish, shuningdek, savdo menejerlari, texnik yordamchi va boshqa mutaxassislarning odatdagi vazifalarini bajarishi mumkin. Shu bilan birga, Geyts SI mutaxassislarning ish yukini yengillashtirishi, natijada ish haftasining qisqarishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa-da, bunday tezkor o‘zgarishlar xavotirga sabab bo‘lishini tan oldi.

Uchinchidan, tadbirkor SI ustidan nazoratni yo‘qotish bilan bog‘liq boshqa mutaxassislarning xavotirlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu, ayniqsa, bir nuqtada inson aql-zakovatidan oshib ketadigan va odamlarni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan umumiy SI rivojlanishi g‘oyasiga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, tadbirkor, masalan, SI bilan bog‘liq energiya iste’molining o‘sishidan xavotirda emas. U kelajakda SI bu muammoni hal qilish yo‘llarini topishiga ishonch bildirdi.

Geyts SI kundalik hayotiga faol integratsiyalashayotganini aytdi. Misol uchun, u ishtirok etgan yig‘ilishlarni sarhisob qilish uchun. U avvalroq matn yozish va uchrashuvlarni rejalashtirishda ChatGPT xizmatidan foydalanishini tan olgan edi.

Mavzuga oid