Iqtisodiyot | 20:52 / 04.10.2024
4471
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva Kreativ iqtisodiyot anjumani hamkorlariga minnatdorlik bildirdi

Hamkorlar orasida YuNKTAD va uning bosh kotibi, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va uning bosh direktori o‘rinbosari, Qatar muzeylari raisi va boshqalar sanab o‘tildi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkentda o‘tkazilayotgan Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani hamkorlariga minnatdorlik bildirdi.

«Shu kunlarda biz O‘zbekistonda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish va barqaror kelajakni targ‘ib qilish yo‘lidagi tamaltoshni qo‘ymoqdamiz. Ushbu jarayonni WCCE–2024 – Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumanida ishtirok etayotgan xalqaro hamjamiyatning ko‘magisiz amalga oshirish imkonsiz bo‘lar edi», deb yozdi Mirziyoyeva.

Hamkorlar orasida YuNKTAD va uning Bosh kotibi Rebeka Grinspan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) va uning bosh direktori o‘rinbosari Silvi Forban, Indoneziya Turizm va kreativ iqtisodiyot vazirligi hamda vazir Sandiaga Uno, Qatar muzeylari raisi Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy va Art of Heritage bosh direktori, Qirollik oilasi a’zosi malika Nura Ol Faysal sanab o‘tildi.

«Kreativlik va innovatsiyalar mamlakat taraqqiyotida hal qiluvchi o‘rin tutadigan kelajakni yaratish yo‘lidagi O‘zbekistonning maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur!», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Mavzuga oid