Vashingtonda O‘zbekistondagi saylovlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi
O‘zbekiston elchixonasida bo‘lajak Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi.
Tadbirda AQSh rasmiylari, jumladan Oq uy, Davlat departamenti, Kongress, Saylovga ko‘maklashish bo‘yicha komissiya (EAC) vakillari, Saylov tizimlari xalqaro fondi (IFES) va "aql markazlari" ekspertlari, amerikalik bo‘lajak parlament saylovlari kuzatuvchilari hamda The Diplomat va Diplomatic Watch onlayn axborot nashrlari xodimlari ishtirok etdi.
IFES dasturlar va tadqiqotlar bo‘yicha maslahatchisi Entoni Boyyer saylov qonunchiligi ilg‘or demokratik standartlarga mos ravishda tubdan takomillashtirilganini va saylov jarayoniga kiritilgan o‘zgarishlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarga hamohangligini ta’kidladi. U, shuningdek, IFES va O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi o‘rtasida amalga oshirilgan samarali hamkorlikni ta’kidlab, MSKning ilg‘or tajriba va saylovlarni o‘tkazishda yuksak salohiyatga ega ekanini e’tirof etdi.
"Yevrosiyo markazi" vitse-prezidenti Ralf Vinni O‘zbekistonda o‘tkaziladigan saylovlarning boshqa mamlakatlarda uchramaydigan o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjudligini ta’kidladi. U ovoz beruvchilar uchun yaratiladigan qulayliklar va shart-sharoitlarni, jumladan ovoz berish jarayoni davomida ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida saylov uchastkalarida bolalar uchun o‘yin maydonchalari va tibbiy yordam punktlari tashkil etilishini yuqori baholadi.
Caspian Policy Center maslahat kengashi a’zosi Erik Rudenshiold O‘zbekistonda saylov jarayonlari xalqaro saylov standartlariga to‘la muvofiq holda ochiq va oshkora o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida respublika hukumati va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan salmoqli islohotlarni e’tirof etdi. Uning aytishicha, mazkur sa’y-harakatlar saylovchilarning huquqlarini himoya qilish, ularga erkin va adolatli ovoz berish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
10:19 / 03.12.2024
Ruminiyada prezidentlik saylovlari birinchi turi natijalari tasdiqlandi
15:11 / 02.12.2024
Islandiyadagi saylovlarda sotsial-demokratlar g‘alaba qozondi
10:42 / 02.12.2024
Ruminiyada saylovlar: hukmron sotsial-demokratlar yetakchilik qilmoqda
13:19 / 29.11.2024