O‘zbekiston | 14:41 / 11.10.2024
1440
1 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bor bolalar yuridik texnikumlarda bepul o‘qishi mumkin bo‘ldi

Ular va oilaviy mehribonlik uylari bitiruvchilari yuridik texnikumlarga davlat granti asosida alohida qabul parametrlari doirasida qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Kiritilayotgan qo‘shimchalar bilan nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanmoqda. Masalan, endilikda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikat berish kabi davlat xizmatini olishda xizmat ko‘rsatish to‘lovining 50 foiz miqdorida chegirma belgilanmoqda.

Bundan tashqari, ular va oilaviy mehribonlik uylari bitiruvchilari yuridik texnikumlarga davlat granti asosida alohida qabul parametrlari doirasida qabul qilinadi.

Hujjat bilan qonun hujjatlariga boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi.

Mavzuga oid