Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berishga ruxsat etildi
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish mumkin bo‘ldi. Prezident tomonidan 9 oktyabrda imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilyapti.
Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqlari va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadlari o‘zgartirilmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkinligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn-auksionlar joriy etilishi belgilanmoqda.
Eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishda ijaraga oluvchi tomonidan davlat budjetiga mablag‘lar to‘lanishi nazarda tutilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:27 / 11.12.2024
Toshkentda noyabrda ijara narxlari biroz pasaydi
19:09 / 20.11.2024
Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi
10:27 / 14.11.2024
Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda ekani aytildi
21:00 / 12.11.2024