Qarzdorligi uchun suv ta’minotidan uzilgan iste’molchilar soni aytildi
Respublika bo‘yicha 26,9 ming nafar jismoniy va yuridik iste’molchi qarzdorligi uchun suv ta’minoti tarmog‘idan uzilgan.
Ushbu holatlarning 13,3 mingtasi, ya’ni eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan.
2024 yilda suv ta’minoti va oqova suv tizimlariga 8 500 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi. Bunda eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- Farg‘ona viloyatida – 1 500 ta;
- Toshkent shahrida –1 400 ta;
- Sirdaryo viloyatida –1 400 ta.
Mazkur qonunbuzarliklar tufayli jamiyat manfaatlariga jami 75,7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Suv ta’minoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha 139,3 ming nafar iste’molchidan jami 421 milliard so‘mlik mablag‘ni undirish maqsadida fuqarolik va iqtisodiy sudlarga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.
Kiritilgan ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 68,5 mingta 224 milliard so‘mlik sud qarorlari qabul qilinib, bugungi kunda MIB bilan hamkorlikda ijro varaqalari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
14:08 / 13.11.2024