O‘zbekiston | 18:07 / 16.10.2024
2269
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy Majlis saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi

27 oktyabr kuni o‘tkaziladigan saylovda o‘z yashash joyida bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Foto: Kun.uz

16 oktyabrdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 27 oktyabr kuni o‘tkaziladigan saylovda o‘z yashash joyida bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Muddatidan oldin ovoz berish 16 oktyabr kuni boshlanib, 23 oktyabr kuni yakunlanadi.

Mavzuga oid