Jahon | 11:30 / 19.10.2024
7814
2 daqiqa o‘qiladi

JAR Isroilga qarshi genotsid bo‘yicha ishni oxirigacha yetkazishga qaror qildi

Janubiy Afrika bir qator davlatlar bosimiga qaramay chekinmoqchi emas va ishni oxirigacha olib boradi - Zane Dangor.

Foto: AFP

Shimoliy yarim sharning bir qator davlatlari Janubiy Afrika Respublikasiga bosim o‘tkazib, Isroilga qarshi xalqaro sudga genotsid ayblovi bilan qo‘yilgan da’voni qaytarib olishga undamoqda. Biroq, Janubiy Afrika chekinish niyatida emas va bu masalani oxirigacha olib boradi.

Bu haqda Janubiy Afrika xalqaro aloqalar va hamkorlik boshqarmasi bosh direktori Zane Dangor «Anadolu» agentligiga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Afrika tomoni yangi apellyatsiyani tayyorlashni deyarli yakunlagan, bu sud jarayonini tezlashtiradi va uni 28 oktyabr kuni BMT sudiga taqdim etadi.

Dangor, vakolatli advokatlar jamoasi ham jiddiy faktlar ustida ishlayotgani, ham Isroilning genotsidda isbotlashga urinayotganiga e’tibor qaratdi. «Biz Isroil armiyasi joylarda genotsid niyatini qanday namoyon etganini ko‘rsatish uchun huquqiy dalillar ishlab chiqdik», dedi Janubiy Afrika vakili.

Dangorning tushuntirishicha, 28 oktyabr kuni Haagadagi sudga taqdim etiladigan murojaat matni 20 dan ortiq bobdan iborat.

Mavzuga oid