Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda
«Foto» deb nomlangan fayl APK kengaytmasi bilan yuborilyapti, uni bosish orqali zararli virusni faollashtirish mumkin.
Rossiya IIV Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashishni tashkil etish boshqarmasi firibgarlar Telegram foydalanuvchilariga fotosurat niqobi ostida virus yuborishni boshlagani haqida ogohlantirdi.
Qayd qilinishicha, firibgarlar «Foto» sarlavhasi bilan APK faylini shaxsiy xabar sifatida yubormoqda.
APK – Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun ilovalarni o‘rnatish fayli formati. Agentlik Telegram kanalida yozishmalarning skrinshotini e’lon qildi, unda suhbatdosh «Foto» deb nomlangan ikkita APK fayli va «Salom, bu suratdagi sizmisiz?» degan savolni yuborgan.
«Fotosuratda APK kengaytmasi bo‘lishi mumkin emas. Agar siz bunday xabarni olsangiz, hech qanday holatda faylni yuklamang! Bu zararli ilova bo‘lishi mumkin», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:26
Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
21:22 / 14.12.2024
Xitoy birinchi «gipertovushli samolyot»ni sinovdan o‘tkazdi
20:54 / 12.12.2024