Fan-texnika | 10:50 / 21.10.2024
5499
1 daqiqa o‘qiladi

Stratosferaga olmos changini chiqarish global isishni kamaytirishi mumkin

Olimlar stratosferaga purkalgan olmos changlari quyosh nurlarini aks ettirish orqali haroratni pasaytirishi mumkinligini aniqladilar.

Foto: Anadolu Agency

Stratosferaga har yili 5 million tonna olmos changining chiqishi sayyorani 1,6 darajaga sovitishi mumkin. Bu haqda Science.org tadqiqot natijalariga tayanib xabar bermoqda.

Bu global isishning eng yomon oqibatlarini oldini olish uchun yetarli.

Olimlar stratosferaga purkalgan olmos changlari quyosh nurlarini aks ettirib, haroratni pasaytirishi mumkinligini aniqlashdi.

Qayd etilishicha, ilgari vulqon tutuni va zarralari atmosferani qoplab, Yerning sovishiga sabab bo‘lgan.

Yangi tadqiqot stratosfera aerozol inʼeksiyasi deb nomlanuvchi geoinjyeneriya shakliga tegishli. Ushbu g‘oya vulkanizmning tabiiy jarayoniga asoslangan.

Tadqiqot natijalari Geophysical Research Letters jurnalida chop etildi.

Mavzuga oid