Jahon | 14:50 / 22.10.2024
2476
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil Bayrutga 11 marta havo hujumi uyushtirdi

Isroil armiyasi «Hizbulloh»ga qarashli Bayrut janubidagi «Qard Hasan» tashkilotining bo‘limlarini nishonga oldi.

Foto: Anadolu Agency

Isroil armiyasi Livan poytaxti Bayrutga 11 marta havo hujumi uyushtirdi.

Livanning rasmiy xabar agentligi NNA ma’lumotiga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari tomonidan 20 oktyabr oqshomida Bayrutga uyushtirilgan havo hujumlari soni 11 taga yetdi.

Xabarda nishonlar «Hizbulloh»ga qarashli Bayrut janubidagi «Qard Hasan» (foizsiz o‘zaro yordam tizimi) tashkilotining bo‘limlari bo‘lganligi qayd etilgan. Havo hujumlaridan biri tashkilotning Rafiq Haririy xalqaro aeroporti yaqinidagi filialiga berilgan.

Shuningdek, Isroil harbiy samolyotlari tashkilotning janubdagi Nabatiya viloyati va sharqiy Bekaa mintaqasidagi bo‘limlariga hujum qilgani aytildi. Janubdagi Sur shahrida Isroil tez yordam mashinasiga hujum qilib, bir necha tibbiyot xodimlarini jarohatladi.

Isroil armiyasi vakili Avixay Adraye ijtimoiy media orqali bergan bayonotida armiya «Qard Hasan» filiallarini nishonga olishini, chunki ular «Hizbulloh»ning Isroilga qarshi faoliyatini moliyalashtirayotgani»ni bildirdi.

Mavzuga oid