Saudiya Arabistoni tejamkorlikka o‘tmoqda - FT
Neftdan keladigan daromadlar pasayishi ortidan podshohlik hukumati iqtisodiy strategiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda. “Vision 2030” doirasidagi yirik loyihalarni moliyalashtirish davom etadi, ammo moliyaviy masalalarda ehtiyotkorlik oshiriladi.
Bir necha yildan buyon “Vision 2030” dasturi doirasida ulkan qurilish loyihalarini amalga oshirayotgan Saudiya Arabistoni o‘z iqtisodiy strategiyasini ehtiyotkorlikka urg‘u bergan holda qayta ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Financial Times.
Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon e’lon qilgan “Vision 2030” mamlakatni modernizatsiya qilish va uning neftga bo‘lgan bog‘liqligini kamaytirishga qaratilgandi. Undagi asosiy loyihalar, jumladan, 65 milliard dollarlik Diriyah Gate majmuasi va boshqa “giga-loyihalar” Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Ammo, neftdan keladigan daromadlar pasayishi, neft qazib chiqarishning qisqarishi davlat xarajatlarini kamaytirish va ba’zi loyihalar muddatini uzaytirish zaruratini keltirib chiqargan.
Shu bilan birga, hukumat futbol bo‘yicha 2027 yilgi Osiyo kubogi va 2030 yilgi World Expos ko‘rgazmalari mezbonligini saqlab qoladi. Yirik loyihalarga mablag‘ ajratish davom ettirilsa-da, moliyaviy masalalarga ehtiyotkorlik bilan yondashishga o‘tiladi.
Qurilish sektoridagi moliyaviy qiyinchiliklar inflyatsion bosim va ta’minot zanjirida muammolarni yuzaga keltirgan.
Neft mamlakatning asosiy daromad manbayiligicha qolarkan, hukumat yangi sanoat korxonalarini rivojlantirish va nefsiz eksportni ko‘paytirishga urinyapti, ammo natijalar hamon maqsadli ko‘rsatkichlardan pastligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
11:15 / 18.12.2024
Anapada sohildagi neft mahsulotlari tufayli favqulodda holat joriy etildi
21:54 / 12.12.2024