O‘zbekiston | 14:30 / 24.10.2024
1562
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 4 mlndan oshdi
2024 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 4 milliondan oshdi.
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 million 83 ming 700 kishini tashkil etmoqda.
Ayni paytda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 57 foizi erkaklar, 43 foizi esa ayollardir. Ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 86,8 foizga oshgan.
O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:
- maishiy xizmatlar — 133,6 foiz (987,4 mingta);
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 113,5 foiz (203,5 mingta);
- axborot-kommunikatsiya — 96,7 foiz (51,6 mingta).
Hududlar kesimida olib qaralganda, kuchli uchlikka Samarqand (470 mingdan ortiq), Qashqadaryo (413 mingdan ortiq) va Toshkent (378 mingdan ortiq) viloyatlari kiritilgan. Jizzax, Navoiy va Sirdaryo so‘nggi o‘rinlarda bormoqda.
Mavzuga oid
18:19 / 07.12.2024
Yoshlarga Work & Travel dasturlari xarajatlari uchun ssuda ajratiladi
16:18 / 29.11.2024
O‘zbekiston mehnat bozorida talab eng yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar aniqlandi
07:50 / 02.11.2024
Bandlik vazirligi ishsizlik darajasi kamayganini ma’lum qildi
07:50 / 25.10.2024