O‘zbekiston | 09:47 / 28.10.2024
15205
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Navoiyda bulutsimon tuman hodisasi kuzatildi

Langar tog‘li hududlarida qor yog‘ib o‘tdi. Bundan tashqari, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ham qor yog‘gan.

Foto: O‘zgidromet

Navoiy viloyati Xatirchi tumani Langar tog‘li hududlarida kecha tunda qor yog‘ib o‘tdi.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun, 28 oktyabr kuni erta tongdan bulutsimon tuman hodisasi kuzatilgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon qor ko‘chki stansiyasida qor yog‘ib o‘tdi.

8:00 holatiga ko‘ra havo harorati 0,3 daraja sovuqni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning birinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida  ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +8...+13 daraja bo‘ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +10...+12 daraja bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda  yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi,  ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +0...+5 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid