Iqtisodiyot | 17:05 / 02.11.2024
5712
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston sentabr oyida eng ko‘p oltin sotgan davlatlar qatoriga kirdi

Eng ko‘p oltin sotganlar Qozog‘iston, Iordaniya, Singapur va O‘zbekiston markaziy banklari bo‘ldi.

Foto: halinee Thirasupa/Bloomberg

Sentyabr oyida World Gold Council (WGC) dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, jahon markaziy banklari oltin-valuta zaxiralaridagi oltin hajmini 40 tonnaga oshirdi.

WGC tahlilchisi Krishan Gopol so‘zlariga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakat banklari ham xaridlar, ham sotuvlarning asosiy drayveri bo‘lib qolmoqda.

Qayd qilinishicha, sentabr oyida eng yirik xaridorlar Polsha (21,8 tonna) va Vengriya (15,5 tonna) bo‘ldi. Hindiston (5,8 tonna), Turkiya (3,7 tonna), Chexiya (1,6 tonna) va Misr (0,1 tonna) ham o‘z zaxiralarini to‘ldirdi.

Shuningdek, Ozarboyjon Davlat neft jamg‘armasi (SOFAZ) oltin zaxiralarini 12,1 tonnaga oshirdi, ammo bu WGC statistikasida hisobga olinmaydi, chunki bu har choraklik ko‘rsatkichdir.

Eng ko‘p oltin sotganlar Qozog‘iston (3,8 tonna), Iordaniya (2,7 tonna), Singapur (1,3 tonna) va O‘zbekiston (0,6 tonna) markaziy banklari bo‘ldi.

Mavzuga oid