O‘zbekiston | 11:51 / 03.11.2024
5582
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni ma’lum qilindi

2018 yilga nisbatan 2024 yilda xorijlik talabalar soni to‘rt barobarga oshgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili boshiga O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida 10 845 nafar xorijlik talabalar tahsil olmoqda.

Ularning soni o‘tgan yillarda quyidagicha bo‘lgan:

  • 2018/2019 o‘quv yilida – 2,7 ming nafar;
  • 2019/2020 o‘quv yilida – 3,6 ming nafar;
  • 2020/2021 o‘quv yilida – 4,2 ming nafar;
  • 2021/2022 o‘quv yilida 5,1 ming nafar;
  • 2022/2023 o‘quv yilida 5 ming nafar;
  • 2023/2024 o‘quv yilida 10,8 ming nafar.

O‘zbekistonda o‘qiyotgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

  • Hindiston – 5733 nafar;
  • Pokiston – 1358 nafar;
  • Turkmaniston – 904 nafar;
  • Rossiya – 750 nafar;
  • Qozog‘iston – 537 nafar;
  • Tojikiston – 285 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi – 285 nafar;
  • Afg‘oniston – 196 nafar;
  • Xitoy – 182 nafar;
  • Koreya Respublikasi – 176 nafar;
  • Kanada – 124 nafar;
  • Boshqalar – 315 nafar.

Mavzuga oid