Isroil armiyasining G‘azodagi yo‘qotishlari 781 kishiga yetdi
Falastin eksklavining shimolida yana bir isroillik askar halok bo‘ldi.
7 oktyabr kuni G‘azo sektoriga agressiya boshlanganidan beri Isroil armiyasining yo‘qotishlari 781 kishiga yetdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati bayonotida aytiladi.
Avvalroq Falastin eksklavining shimoliy qismida granata portlashi oqibatida yana bir isroillik askar halok bo‘lgan edi.
Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya davomida o‘lganlarning umumiy sonidan Isroil qo‘shinlari 369 kishini yo‘qotdi.
Isroil armiyasi qurbonlar va yaradorlarning haqiqiy sonini yashirgani uchun tanqid qilinyapti.
Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzi oqibatida 2023 yil 7 oktyabrdan beri 43 314 nafar falastinlik, jumladan 17 210 nafar bolalar va 11 742 nafar ayollar halok bo‘ldi. Yana 102 019 falastinlik yaralangan.
Mavzuga oid
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024
G‘azoda harbiy bazalar qurilmoqda. Isroil mustahkam o‘rnashib olmoqchi
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
14:47 / 18.12.2024