Jahon | 22:17 / 07.11.2024
2549
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi

Afv etilgan mahbuslarning ismlari oshkor etilmadi. «Belta» davlat agentligiga ko‘ra, ozodlikka chiqqan mahbuslarning ikki nafari ayollardir.

Foto: Reuters

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «ekstremistik yo‘nalishdagi» moddalar bo‘yicha qamalgan 31 mahbusni afv etish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda «Belta» davlat agentligi xabar berdi.

Afv etilganlarning ikki nafari ayollar bo‘lsa, qolgan 29 nafari erkaklardir. «17 nafarida surunkali kasallik bor, uch nafari nogiron, mahkumlarning 27 nafari bolali, ularning 7 nafari — ko‘p farzandli», — deyiladi xabarda.

Afv etilgan siyosiy mahbuslarning ismlari oshkor etilmadi. «Belta»ning qayd etishicha, mahbuslar «sudlanganlik tamg‘asi olib tashlanmagan holda» ozod etilgan, IIV esa «qonunlarga itoat etishini nazorat qiladi».

So‘nggi oylarda Belarusda bir necha bor siyosiy mahbuslar ozod etildi. Xususan, 16 avgust kuni Lukashenko 30 nafar mahbusni afv etgan bo‘lsa, 4 sentabrda — 30 kishi, 16 sentabrda yana 37 mahkum ozodlikka chiqdi. Lukashenkoning matbuot xizmati yuqoridagi barcha holatlarda afv etilganlar ismini oshkor etmadi.

Oktabr oxirlarida Aleksandr Lukashenko belaruslik faol Mariya Kolesnikova afv etish haqida murojaat qilsa, uni afv etish masalasini ko‘rib chiqishga qarshi emasligini aytgandi.

 

Mavzuga oid