O‘zbekiston va Xitoy aniq qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning Canton Enterprises Chamber of Commerce tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Xitoy tomoniga mamlakatning investitsiyaviy salohiyati, biznes muhiti va sarmoyadorlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Tomonlar o‘zaro biznes missiyalarni tashkil etish orqali hududlararo hamkorlikni kengaytirish, aniq qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashdi.
Ikki mamlakat korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati ishbilarmon doiralari hamda mazkur uyushmaga a’zo korxona vakillari o‘rtasida onlayn biznes-forum o‘tkazish va kelajakda delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
2025 yil 10-12 yanvar kunlari Guanchjou shahrining tarixiy ko‘chalaridan biri – "Beyjin Lu"da Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillarini taklif qilgan holda O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi, turizm va biznes salohiyati namoyishiga bag‘ishlangan taqdimot hamda B2B formatidagi muzokaralarni o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024