Xitoy yana to‘qqizta davlat bilan vizasiz rejim joriy qildi
Vizasiz tashrif dasturiga kiritilgan davlatlar fuqarolari XXRga oddiy pasport bilan kirishlari va 15 kungacha mamlakat hududida vizasiz harakatlanishlari mumkin.
8 noyabrdan boshlab dunyoning yana to‘qqizta davlati fuqarolari Xitoyga vizasiz kira oladi. XXR hukumati joriy yil boshida ishga tushirilgan vizasiz tashrif dasturini kengaytirdi, deb xabar beradi mamlakat TIV vakili Lin Tszyan.
Qayd etilishicha, 2025 yil 31 dekabrga qadar amalda bo‘ladigan dastur doirasida Slovakiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya, Islandiya, Androrra, Monako, Lixtenshteyn va Janubiy Koreya fuqarolariga XXRga vizasiz kirishga ruxsat berilgan.
Yangi dastur 2024 yil yanvardan ishga tushgan va unga bosqichma-bosqich yangi davlatlar qo‘shilmoqda. Yil boshidan beri u Avstriya, Germaniya, Fransiya, Irlandiya, Niderlandiya, Italiya va Shveytsariya kabi Yevropaning 11 ta davlatiga, shuningdek, Malayziyaga tadbiq etildi. Iyun oxirlarida ro‘yxatga Polsha, Avstraliya va Yangi Zelandiya ham qo‘shildi. Dastur shartlariga ko‘ra, yuqoridagi barcha davlatlarning fuqarolari Xitoyga oddiy pasport bilan kirishlari va 15 kungacha mamlakat hududida vizasiz harakatlanishlari mumkin.
Bu mamlakatga keladigan turistlar oqimini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. 2019 yilda, koronavirus pandemiyasiga qadar Xitoyga 49,1 millionga yaqin turist tashrif buyurgan. 2024 yilning dastlabki yetti oyida esa turistlar soni 17,25 million nafarni tashkil etgan. Birinchi yarim yillikda vizasiz tashrif dasturiga kiritilgan davlatlardan 8,5 million turist kelgan. Bu Xitoyga kelayotgan jami turistlar oqimining 58 foizi demak, shuningdek, ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 190 foizga oshgan.
Bundan tashqari, XXRda AQSh, Kanada va Buyuk Britaniya kabi dunyoning 54 ta davlati fuqarolariga qo‘llaniladigan boshqa bir vizasiz kirish dasturi ham bor. Ushbu davlatlar fuqarolari uchinchi davlatga ketish chiptasiga ega bo‘lgan taqdirda mamlakat hududida 72 yoki 144 soatgacha vizasiz qola oladi.
Mavzuga oid
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024