Shaxmat. Afro‘za Hamdamova – ikki karra jahon chempioni
Shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Afro‘za Hamdamova yana bir tarixiy natijaga erishdi.
Afro‘za Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval g‘alaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi.
U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija ko‘rsatishidan qat’i nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shaxmat maktabi vakili o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi. 15 yoshli hamyurtimiz bugun ikki karra jahon chempioniga aylandi.
Mavzuga oid
20:00 / 12.12.2024
Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi
21:35 / 25.11.2024
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
17:27 / 15.06.2024
UzChess Cup superturnirida o‘zbekistonlik shaxmatchi g‘alaba qozondi
18:38 / 27.04.2024