Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
“Safia” qandolat uyining Yunusobod tumanida o‘rnatilgan stansiyasi ma’lumotlari xalqaro havo sifatini ko‘rsatuvchi IQAir platformasida ko‘rinmayapti. Qandolat uyi mas’uli Kun.uz’ga stansiyada texnik nosozlik bo‘lgani, tez orada tuzatilishini ma’lum qildi.
Yunusobod tumanida o‘rnatilgan “Safia” qandolat uyining havo sifati stansiyasi ma’lumotlari xalqaro havo sifatini ko‘rsatuvchi IQAir platformasida ko‘rinmay qoldi. Tashkilot mas’uli Kun.uz muxbiriga stansiya ishlamay qolganini ma’lum qildi. “Stansiyamizda texnik nosozlik bo‘ldi. Uni tuzatishga harakat qilyapmiz”, – dedi u.
Xodim stansiya 1 haftacha oldin buzilganini qo‘shimcha qildi.
Stansiyaning IQAir’da ko‘rinmay qolgani haqida bloger Nikita Makarenko ham yozdi. “Yunusoboddagi iflos havo muammosi radikal usulda hal qilindi. 3 noyabr kuni muammo ko‘tarildi. 5 noyabr kuni rekord raqamlarni yozayotgan “Safia” stansiyasi o‘chirib qo‘yildi”, – degan u.
Eslatib o‘tamiz, 3 noyabrga o‘tar kechasi Yunusoboddagi “Safia” stansiyasi Toshkent shahrida havo ifloslanishini rekord daraja – 780 mkg/m3 tashkil qilayotganini ko‘rsatgan edi. Keyingi kunlarda ham bu stansiyada havo sifati shahardagi eng yomon havo ko‘rsatkichini ko‘rsatib kelayotgandi. Shundan keyin Ekopartiya poytaxt atrofidagi 631 ta issiqxonaning yarmidan ko‘pi ko‘mir, ba’zan rezina shinalar va boshqa yonuvchi vositalardan foydalanayotganini ma’lum qilgandi hamda muammoga Ekovazirlik va Bosh prokuraturadan tezkor choralar ko‘rishni so‘rab, deputatlik so‘rovi kiritishini bildirgandi.
Mavzuga oid
18:20 / 16.12.2024
Damasʼdan Kia Sonetʼgacha: “Halol Avtolizing”chilar yuzlab odamni aldagani ma’lum bo‘ldi
19:04 / 21.11.2024
Yunusoboddagi bolalar shifoxonasida bemorlar ko‘paygani aks etgan videoga munosabat bildirildi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
15:12 / 09.11.2024