Kreml Rossiyaga migrantlar nima uchun kerakligini tushuntirdi
«Biz dunyodagi eng katta davlatda yashaymiz, lekin kamchilikmiz», dedi Dmitriy Peskov.
Rossiya murakkab demografik vaziyat tufayli jadal rivojlanish uchun boshqa davlatlardan keladigan mehnat migrantlariga muhtoj va ularning kelishini olqishlaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Migrantlar — ehtiyojimiz. Gap shundaki, bizda juda keskin demografik vaziyat mavjud. Biz dunyodagi eng katta davlatda yashaymiz, lekin kamchilikmiz. Bizga rivojlanishning barcha rejalarini amalga oshirish uchun, albatta, ishchilar kerak. Biz ularni faqat qutlaymiz», dedi Peskov.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi «migrantlar muammo emas, muammo noqonuniy migrantlar» ekanini ta’kidladi. Peskov Rossiya rasmiylari noqonuniy migratsiyaga qarshi faol kurash olib borish niyatida ekanini aniq aytdi.
«Qonun buziladigan muhitda diniy ekstremizm bo‘lsin, giyohvandlik va boshqalar bo‘lsin, barcha turdagi jinoyatlar uchun sharoitlar vujudga keladi», dedi Peskov noqonuniy migratsiya olib keladigan muammolar haqida.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin migrantlarni jalb qilish haqida gap ketganda, rasmiylar birinchi navbatda mamlakat fuqarolari manfaatlarini o‘ylashi kerakligini aytgan edi. Davlat rahbari migrantlar qonunlarni bilsa va ularga rioya qilsa, rus tilini ham yaxshi bilsa, rossiyaliklar e’tiroziga duch kelmasligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Putin Rossiyaga kelgan migrantlar «odamlarga loyiq sharoitlarida» yashashi va barcha imtiyozlardan foydalanishi kerakligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
08:36
AQSh Helsinki komissiyasi Rossiyada nomaqbul deb tan olindi
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
22:30 / 25.12.2024