Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
Noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan yirik miqdordagi, ya’ni 4 mln 65 ming 562 dona pirotexnika buyumi dastlab suvda bo‘ktirilib, yaroqsiz holatga keltirildi va maxsus xandaqqa ko‘mish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Toshkentda Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ilk bor va katta masshtabda pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish tadbiri tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Yashnobod tumanidagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 20-yong‘in qutqaruv qismida bo‘lib o‘tgan tadbirda Bojxona, Ichki ishlar va Milliy gvardiya tomonidan o‘tkazilgan turli tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan yirik miqdordagi, ya’ni 4 mln 65 ming 562 dona pirotexnika buyumi dastlab suvda bo‘ktirilib, yaroqsiz holatga keltirildi va maxsus xandaqqa ko‘mish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Ta’kidlanishicha, shu vaqtga qadar olib qo‘yilgan pirotexnika buyumlarining qayerda saqlanishi va qay tartibda yo‘q qilinishi yuzasidan keng jamoatchilikka yetarlicha axborotlar taqdim qilinmagani sababli aksariyat hollarda pirotexnika vositalari keyinchalik yana muomalaga chiqariladi degan noto‘g‘ri tasavvurlarga sabab bo‘lar edi.
Mavzuga oid
16:35
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
08:15
Bojxona postidan 1,3 mln rublni yashirincha olib chiqish urinishi aniqlandi
07:34
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
10:31 / 22.12.2024