O‘zbekiston | 12:19 / 22.11.2024
2347
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” pilot loyihasi ishga tushganini e’lon qildi.

Foto: Videodan kadr

Ushbu loyiha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch harakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy soha obektlari, ta’lim muassasalariga borib kelishiga qulayliklar yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Xizmatdan foydalanish Yandex Go ilovasi orqali amalga oshiriladi. Ilovada nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga moslashtirilgan maxsus funksiya bor. Ular manzilga yetib olish uchun “Start”, “Komfort” yoki “Komfort+” tariflaridan birini tanlashi mumkin va barcha tariflarda xizmat narxlari o‘zgarmaydi.

Buyurtmani qabul qilgan haydovchiga mijozni manzilga olib borish davomida quyidagi maxsus vazifalarni amalga oshirish kerakligi haqida xabar beriladi, masalan:

  • manzil kartochkasida foydalanuvchiga mashinani topish, uning yoniga kelish va salonga o‘tirishga yordam beruvchi izoh ko‘rinadi;
  • eshitishida muammolari bo‘lgan shaxslarga haydovchi chat orqali muloqot qilishni so‘rashi kerak bo‘ladi;
  • “nogironlik aravachasidaman” bu funksiya tanlangan bo‘lsa, haydovchida “nogironlar aravachasida bo‘laman, mashinaga o‘tirishda yordam, bo‘sh yukxona kerak” izohi ko‘rinadi.

Mavzuga oid