O‘zbekiston | 07:30 / 23.11.2024
5582
1 daqiqa o‘qiladi

O‘rta Chirchiqda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda 9-sinf o‘quvchisini bir nechta bolalar kaltaklagani haqida video va fotolar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan izoh berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, 19 noyabr kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-maktabning 9-sinf o‘quvchisi A.S. (o‘g‘il bola) jismoniy tarbiya darsi mashg‘ulotida sinfdoshi A.E. bilan ziddiyat kelib chiqqan. Oqibatda bola A.E. va boshqa o‘quvchilar tomonidan kaltaklangan

Natijada bola tanasining turli joylariga jarohat yetgan, burun qismi shikastlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

A.S.ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Mavzuga oid