Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuzlab yuk mashinalari to‘planib qoldi
Qozog‘iston rasmiylari buni O‘zbekistonda «Dovud ota – Qo‘ng‘irot» yo‘nalishida qayta ta’mirlangan yo‘lning ochilishi, natijada yuk avtomobillari oqimi ko‘paygani bilan izohlamoqda.
Qozog‘iston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi «Tajyen» nazorat-o‘tkazish punktida yuk tashish mashinalari sezilarli darajada to‘plangani haqida ma’lum qildi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 400 dan ortiq yuk mashinasi Qozog‘istonni tark etishni kutmoqda.
«Avtomobil oqimining ko‘payishiga O‘zbekistonda «Dovud ota – Qo‘ng‘irot» (400 kilometr) avtomobil yo‘lining ochilishi sabab bo‘ldi, bu esa yuk tashuvchi transport vositalarining oqimiga olib keldi», deyiladi xabarda.
Departamentning tushuntirishicha, «Tajyen» punkti bir yo‘nalishda kuniga 150 ta yuk mashinasiga mo‘ljallangan loyiha quvvatiga qaramay, rekonstruksiya qilinayotgan punkt xodimlari kuniga 200–250 tagacha avtomobilning o‘tishini ta’minlamoqda.
Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, qo‘mita yuk tashuvchilarga ehtimoliy kechikishlarni hisobga olishni va iloji bo‘lsa, chegarada uzoq kutishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yuk tashishning muqobil yo‘nalishlarini tanlashni tavsiya qildi.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024