Jamiyat | 23:47 / 26.11.2024
9326
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Isuzu haydovchisi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi va Isuzu o‘rtasidagi YTH poytaxtning Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB YHXB Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 26 noyabr kuni soat 20:30 larda Yangihayot tumani 4R21 ko‘chasi 40 yoshli Q.A. boshqaruvidagiyuk transport vositasi va 37 yoshli I.Q boshqaruvidagi Isuzu rusumli transport vositasi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Isuzu yuk transport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmasliklarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, Ohangaronda o‘zaro to‘qnashgan Cobalt mashinasi va Isuzu avtobusi yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid