“Saidaziz medgorodok” ishida hukm o‘zgarishsiz qoldirildi
Apellyatsiya sudi Saidaziz Saidaliyev va boshqalarga nisbatan birinchi instansiya sudi hukmini o‘z kuchida qoldirdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi hukmi bilan Saidaziz Saidaliyev va yana 22 kishi 5 yildan 20 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.
“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi apellyatsiya sudida ko‘rib chiqildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Saidaziz Saidaliyev va yana 13 kishi JIB Yunusobod tuman sudining 2024 yil 5 avgustdagi hukmidan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati kiritgan. Bugun, 27 noyabr kuni Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiya sudi ishni ko‘rib chiqib, ajrim qabul qildi.
Sud ajrimiga ko‘ra, birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz, Saidaziz Saidaliyev va yana 13 kishining apellyatsiya shikoyatlari esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
JIB Yunusobod tuman sudining 2024 yil 5 avgustdagi hukmiga ko‘ra, Saidaziz Saidaliyev tovlamachilik, firibgarlik, jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, bezorilik, pora berishda ishtirok etish kabi jinoyatlarni sodir qilgan deb topilgan. Unga 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, sud hukmi bilan yana 22 kishi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan. Sudlanganlardan ikkitasiga axloq tuzatish ishlari, uchtasiga ozodlikni cheklash bilan bog‘liq jazo tayinlangandi. Bir kishi esa sodir etilgan jinoyatning javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgani sababli jazodan ozod etilgan edi.
Bundan tashqari, 16 nafar sudlanuvchidan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi, Saidaziz Saidaliyev tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hisobiga orttirilgan mol-mulklar tegishli tartibda jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratilishi belgilangan.
Mavzuga oid
11:41 / 07.12.2024
“To‘pponcha o‘qtalib, otib tashlayman dedi” – “Saidaziz medgorodok”ka yana bir “delo” bo‘yicha hukm o‘qilgani ma’lum bo‘ldi
19:37 / 05.08.2024
“Saidaziz Medgorodok” sudi: 5 kishi jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi
15:38 / 05.08.2024
Saidaziz Saidaliyev 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi
13:46 / 27.07.2024