Banklarda dollar kursi birinchi marta 12 925 so‘mga ko‘tarildi
O‘zbek so‘mining yil boshidan buyon Amerika valutasiga nisbatan qadrsizlanishi 4,26 foizga yetdi.
O‘zbekiston Markaziy banki 29 noyabrdan boshlab o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 12 865 so‘m deb belgiladi. Bu – bir kun oldingidan 16,67 so‘mga yuqori. Rasmiy kursning oshishi fonida tijorat banklarida dollar kursi ilk marta 12 925 so‘mgacha ko‘tarildi.
O‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan yil boshidan buyon (2024 yilning ilk ish kunida kurs 12 338,77 so‘m edi) 4,26 foizga qadrsizlandi.
Rasmiy kurs aprel oyida 12 700 so‘mdan, oktyabr oyida esa 12 800 so‘mdan oshgandi. Ma’lumot uchun, Markaziy bank belgilaydigan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi O‘zbekiston hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.
Avvalroq, 2025 yil budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13 250 so‘mdan hisoblangani xabar qilingandi. Bu ko‘rsatkich 2026 yil uchun 13 725 so‘m, 2027 yil uchun 14 150 so‘m bo‘lishi prognoz qilinyapti. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga ko‘ra, valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ma’lumot uchun, milliy valuta 2022 yilda 3,94 foizga, 2023 yilda esa 9,7 foizga qadrsizlangandi.
Mavzuga oid
16:12 / 23.12.2024
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 900 so‘mdan oshdi
09:49 / 17.12.2024
Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘ladi? – prognozlar
16:38 / 14.12.2024
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 890 so‘mdan oshdi
19:16 / 12.12.2024