Xitoyda josuslikda ayblangan jurnalistga hukm o‘qildi
Sudlanuvchining oilasi ayblovni «mutlaqo bema’nilik» deb atab, jurnalistni mustaqillik uchun intilgani va chet el davlatlari vakillari bilan aloqalari uchun jazolashmoqchi ekanini ta’kidladi.
Xitoy sudi Yaponiya va AQSh diplomatlari, olimlari hamda jurnalistlari bilan muntazam uchrashib kelgan jurnalistni josuslikda aybdor deb topib, uni yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilishicha, Kommunistik partiya gazetasining sobiq muallifi va muharriri Dun Yuyyuyga 29 noyabr kuni Pekin xalq sudi tomonidan hukm o‘qilgan. Uning oila a’zolarining ma’lum qilishicha, hukm sudda o‘qib eshittirilgan, ammo Yuyyuyning advokatlari e’tiboriga taqdim etilmagan.
Sudlanuvchining oilasi ayblovni «mutlaqo bema’nilik» deb atab, jurnalistni mustaqillik uchun intilgani va chet el davlatlari vakillari bilan aloqalari uchun jazolamoqchi ekanini ta’kidladi. Ma’lum bo‘lishicha, u AQSh va Yaponiyadan bo‘lgan fuqarolar doimiy muloqotda bo‘lgan hamda ushbu mamlakatlar muassasalari bilan ilmiy ish olib borgan.
62 yoshli Yuyyuy 2022 yilning fevralida Pekin markazidagi restoranda yapon diplomati bilan uchrashgan vaqtida qo‘lga olingan. Rasmiylar oradan bir necha soat o‘tgach diplomatni qo‘yib yuborgan bo‘lsa-da, ular Yuyyuyni hibsga olib qolgan va oxir-oqibatga unga nisbatan josuslik bo‘yicha ayblov ilgari surilgan.
Yuyyuy oilasiga ko‘ra, sud qarorida jurnalist uchrashgan bir qator yapon diplomatlari, jumladan, sobiq elchini «josuslik tashkiloti» (Yaponiyaning Pekindagi elchixonasi nazarda tutilgan) agentlari deya ta’riflangan.
Oila hukmni «ochiq adolatsizlik» deb atab, «Dun butun jurnalistik faoliyati davomida namoyish etgan mustaqilligi uchun ta’qib qilinayotganini» ta’kidlagan.
Avvalroq Britaniya armiyasining sobiq askari Eron foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topilgandi. Eron razvedkasidan bo‘lgan shaxs armiya safiga endi kelib qo‘shilgan askar bilan bog‘langan. O‘z navbatida u «MI-6» bilan aloqa o‘rnatib, ikki tomonlama agent bo‘lishni xohlayotganini bildirgan.
Mavzuga oid
23:24
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024