Janubiy Koreya parlamenti harbiy holatni bekor qilishni yoqlab ovoz berdi
Parlament binosida harbiylar va deputatlar to‘qnashdi. Parlamentdagi ovoz berish jarayonidan so‘ng, prezident joriy qilgan cheklovlar bekor qilinadimi yoki yo‘qmi hozircha noma’lum.
Janubiy Koreya parlamenti a’zolari 3 dekabr kuni mamlakat prezidenti Yun Sok Yol tomonidan joriy qilingan harbiy holatni bekor qilishni yoqlab ovoz berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
300 deputatdan 190 nafari avvalroq xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘rab olingan Seuldagi Milliy assambleya binosiga kirishga muvaffaq bo‘ldi va ovoz berish jarayonini o‘tkazdi.
Reuters xabariga ko‘ra, harbiylar parlament binosiga kirdi va asosiy zalga kirishga uringanida deputatlar qarshiligiga uchradi.
Avvalroq, prezident Yun Sok Yol tomonidan joriy etilgan harbiy holat doirasida mamlakatda har qanday siyosiy faoliyat, jumladan, partiyalar ishi va mitinglar o‘tkazish taqiqlangan, barcha ommaviy axborot vositalari harbiylar nazorati ostida o‘tgan edi.
Parlamentdagi ovoz berish jarayonidan so‘ng, cheklovlar bekor qilinadimi yoki yo‘qmi hozircha noma’lum.
Qayd qilinishicha, Janubiy Koreya parlamenti oldida namoyishchilar to‘planmoqda. Seul ko‘chalarida harbiy texnikalar kuzatilgan.
Mavzuga oid
19:15 / 23.12.2024
KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq harbiysidan ayrilgani ma’lum qilindi
16:31 / 18.12.2024
Isyonda ayblanayotgan Janubiy Koreya prezidenti politsiya so‘roqiga kelmadi
21:54 / 17.12.2024
Janubiy Koreya Toshkent-Samarqand temiryo‘lining yangi tarmog‘ini loyihalashtirishni boshladi
16:45 / 17.12.2024