Yevropa Ittifoqining aerokosmik kompaniyalari Starlink’ka raqobatchi yaratmoqchi
Airbus, Leonardo va Thales kompaniyalari hamkorligida yaratiladigan qo‘shma korxona Ilon Maskning Starlink kompaniyasiga raqobatchi bo‘lishi kerak.
Yevropa Ittifoqining aerokosmik kompaniyalari — Airbus, Leonardo va Thales Ilon Maskka tegishli Starlink’ka raqobat qila oladigan qo‘shma korxonani tuzish niyatida, deb xabar beradi Reuters.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Indoneziyadagi faol vulqon sharafiga nomlangan «Bromo loyihasi» alohida Yevropa kompaniyasini tuzishni nazarda tutadi — u Airbus, Leonardo va BAE Systems kompaniyalariga tegishli Yevropadagi ilg‘or MBDA raketa tizimlari kabi sun’iy yo‘ldosh sohasida yetakchi bo‘lishi kerak.
Tomonlar hozircha dastlabki bosqichda bo‘lgan muzokaralar davomida «bunday korxonani tuzish rejasini ko‘rib chiqmoqda». Leonardo kompaniyasi rahbari Roberto Chingolanining so‘zlariga ko‘ra, muhokamalar turli texnik jihatlarni qamrab olgan.
Starlink global sun’iy yo‘ldosh tizimi bo‘lib, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan yuqori tezlikdagi keng polosali internetga ulanishni ta’minlash uchun tashkil etilgan. Tarmoqqa ulanish uchun foydalanuvchi taxminan 500 dollar turadigan tovoqsimon antenna, shtativ va routerdan iborat maxsus to‘plamni xarid qilishi kerak. Bundan tashqari, foydalanuvchi oyiga 99 dollar abonent to‘lovini ham to‘lashi lozim.
2019 yilda SpaceX Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining dastlabki guruhlarini uchirganda jamoatchilik va ilmiy hamjamiyat tomonidan tanqidga uchragandi. Butun dunyo astronomlari sun’iy yo‘ldoshlarning yuqori nur qaytarish xususiyatiga e’tibor qaratgan, shu sababli kompaniya ularning yaltiroqligini kamaytirish uchun maxsus material bilan qoplashni boshladi.
Mavzuga oid
21:22 / 21.12.2024
SpaceX raketasi Janubiy Koreyaning razvedka apparatini orbitaga uchirdi
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:53 / 18.12.2024
Yaponiya sun’iy yo‘ldoshlar yuklangan birinchi to‘liq tijorat raketasini yana uchira olmadi
22:21 / 17.12.2024