Jamiyat | 17:46 / 04.12.2024
9439
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda erini urib o‘ldirgan ayolga hukm o‘qildi

U sudda erining muntazam ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazganiga chidolmay, shu ishga qo‘l urganini tan olgan.

Foto: Videodan kadr

2024 yil iyun oyida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida erini urib o‘ldirgan ayol 12 yilga qamaldi. Bu haqda «Ovoza» teledasturi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 1955 yilda tug‘ilgan erkak o‘zining ruhiy kasal qizi va shar’iy nikohida bo‘lgan xotini tomonidan qasddan o‘ldirilgan. Ayol erining qizi bilan reja tuzib, qatiq ichiga dori solib, eriga ichirgan. So‘ngra erkakning hushsizligidan foydalanib, uni yog‘och bo‘lagi bilan boshiga urib, o‘ldirgan. Ayol va qiz jasadni yashirish uchun uni hovlidagi og‘ilxonaga ko‘mib qo‘ygan.

Ayol sudda marhum eri qizi va o‘ziga muntazam ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazgani, u qotillikni zulmdan bezib ketgani uchun sodir qilganini aytgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ayol Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topildi va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Erkakning qiziga qanday chora ko‘rilgani xabarda keltirilmagan.

Mavzuga oid