Novorossiyskda portlashlar yuz berdi, HHM ishlamoqda
Novorossiyskning bir qancha rayonlari aholisi portlashlar haqida xabar bergan. Shahar meri Andrey Kravchenkoning aytishicha, shaharda havo hujumidan mudofaa tizimi ishlamoqda.
Rossiyaning Novorossiysk port shahrida 4 dekabr, chorshanbaga o‘tar kechasi bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV shahar aholisiga tayanib xabar berdi.
«Jivaya Kuban» internet nashrining yozishicha, «portlash ovozi Borisovkada, Vidova ko‘chasida, Tsemdolina qishlog‘ida, Mefodiyevka rayonida, 8-hududda eshitilgan». «Fuqarolarning aytishicha, ular kuchli portlashni jismonan his qilishgan: ko‘pchilikning uyi silkingan, xususan, birinchi liniyada, kimdir hatto krovati silkinganini sezgan», — deyiladi nashrda.
93.ru internet nashri Novorossiyskka dron hujumi xavfi haqida yozmoqda. «Soat 01.37 da xavf haqidagi ma’lumotni o‘z pabligida Novorossiysk rahbari o‘rinbosari Aleksandr Yamenskov tasdiqladi», — deb ta’kidlaydi «Bloknot» internet nashri.
O‘z navbatida, shahar meri Andrey Kravchenko yarim tunda Telegram orqali Novorossiysk aholisini ochiq maydonlarda bo‘lmaslik, xotirjamlikni saqlash va xavfsiz joylarda bo‘lishga chaqirdi. «Novorossiyskda havo mudofaasi ishlamoqda», «barcha xizmatlar shay holatga keltirildi», — deyiladi uning xabarida.
Novorossiyskka uchuvchisiz uchoqlar hujumining oqibatlari haqida xabar berilmagan.
Mavzuga oid
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
19:58 / 19.12.2024
“Bu shahar ichidagi, hamma qarshi bo‘lgan bomba edi” - Farg‘onadagi portlash haqida guvohlar nima deydi?
10:59 / 18.12.2024
Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni oshdi
22:06 / 17.12.2024