O‘zbekiston | 17:15 / 04.12.2024
5698
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Ashxobod bog‘i vaqtincha yopildi

Ashxobod bog‘i ma’muriyati 14 dekabrgacha bog‘ tashriflar uchun yopiq bo‘lishini ma’lum qildi.

Toshkent shahrida Ashxobod bog‘i vaqtincha yopildi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bog‘ 14 dekabrgacha tashriflar uchun yopiq bo‘ladi. Bu vaqt oralig‘ida bog‘da Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘riladi.

Poytaxtdagi Ashxobod bog‘i 2018 yil aprel oyi oxirida ochilgan edi. Ushbu bog‘ning umumiy maydoni 12 gektarni tashkil etadi. Bu yerda bitta 1180 metr kvadratni tashkil etuvchi usti yopiq inshoot ichida 26 ta hamda 31 ochiq tipdagi o‘yin attraksionlari, nuroniylar maskani, muzqaymoq va salqin ichimliklar shoxobchalari qurilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyun kuni Ashxobod bog‘ida 20 ming dona o‘yinchoq va muzqaymoq tekin tarqatilishi haqida e’lon berilgandi. Shundan so‘ng 1 iyun kuni bog‘ga juda ko‘p odam kelgan. Oqibatda bog‘da tartibsizlik yuz bergan va odamlar o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan. Ayrim ko‘chalarda avtomobillarning yirik tirbandligi kuzatilgan, ma’lum vaqt metro vagonlariga odam sig‘may qolgan.

Keyinroq Ashxobod bog‘ida fuqarolarga xavf tug‘dirgan tadbirni o‘tkazgan bog‘ direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘i 15 sutkaga qamalgan edi.

Mavzuga oid