O‘zbekistonda bir oyda 97 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi
«Hududgazta’minot» AJ huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda noyabr oyi davomida 2,9 mingta tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi.
«Hududgazta’minot» AJ tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda noyabr oyi davomida 3 mingga yaqin tadbirlar o‘tkazilib, 2,9 mingta tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda aksiyadorlik jamoyati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aniqlangan holatlar bo‘yicha jami 97,1 milliard so‘mlik 42,4 million kub metr tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.
Shu bilan birga, noyabr oyida suyultirilgan gaz ta’minotida 1,5 ming dona maishiy gazballonlari noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan 23 ta «bunker» faoliyatiga chek qo‘yilgan. Buning natijasida aholi iste’molchilariga yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan 20,3 tonna suyultirilgan gaz hajmlari talon-torojining oldi olingan.
«Aniqlangan noqonuniy holatlar va qoidabuzarliklar hamda ularga aloqador shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida, barcha materiallar huquqiy baho berilishi uchun huquq-tartibot organlariga yuborilgan», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani, Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida fuqaro MFYda joylashgan novvoyxonasida yerosti o‘tuvchi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:50 / 21.12.2024
«Hududgazta’minot» gaz hisoblagichlar batareyalari bilan bog‘liq muammolarga izoh berdi
16:36 / 20.12.2024
Qarshida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlangan - ekspertiza
17:32 / 19.12.2024
Qarshidagi fojianing gaz yoki is gazi bilan bog‘liqligi ehtimoldan yiroq - “Hududgazta’minot”
08:10 / 07.12.2024