Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston yetakchisini yaqinlashib kelayotgan bayram - Betaraflik kuni bilan samimiy tabriklab, birodar turkman xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Turkman xalqining milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalari tomonlar e’tibor markazida bo‘ldi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshgan. Yuk tashishlar, shu jumladan, Turkmanboshi porti orqali ko‘paymoqda. Shovot—Toshovuz chegaraoldi zonasi qurilishi davom etmoqda. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya kengaymoqda.
«Energetika va suvdan foydalanish sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Joriy xalqaro vaziyat va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi», — deyiladi xabarda.
Suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston yetakchisini yaqinlashib kelayotgan bayram — Betaraflik kuni bilan samimiy tabriklab, birodar turkman xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Mavzuga oid
21:19 / 21.12.2024
Tadbirkor prezidentdan shaxsga doir va bank ma’lumotlarini Cloud'da saqlashga ruxsat berishni so‘radi
20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
14:34 / 20.12.2024