O‘zbekiston | 17:13 / 05.12.2024
2568
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan xorijdagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari himoya qilinishi kuchaytiriladi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritildi.

Qonun bilan kodeks xorijiy davlat sudining qarori tan olinishi va ijroga qaratilishini, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun, shuningdek, o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llangan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun, qabul qilib olishni hamda xorijiy davlatga berishni nazarda tutuvchi yangi bob bilan to‘ldirilmoqda.

Shuningdek, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni va o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llangan shaxslarni qabul qilib olish hamda berish asoslari, sud jarayoni ishtirokchilarining protsessual maqomi belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun oktyabr oyida, Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan va senatorlar tomonidan ma’qullangan edi.

Mavzuga oid