O‘zbekiston | 14:24 / 09.12.2024
1484
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda raqamli dalillardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan tasdiqlandi

Ummonning ommabop Asdaa Oman gazetasida O‘zbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun raqamli dalillardan foydalanishga oid qonun qabul qilinganligiga bag‘ishlangan maqola chop etildi.

Foto: iStock

Unda O‘zbekiston prezidenti tomonidan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" qonun imzolangani ma’lum qilingan. Hujjat bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga, Fuqarolik-protsessual kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga raqamli dalillar tushunchasi, raqamli dalillarni to‘plash, taqdim etish, mustahkamlash, ko‘zdan kechirish, tekshirish va baholash, ularni saqlash, qaytarish hamda yo‘q qilish tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Maqolada mazkur qonun 2022 yilda ishlab chiqila boshlangani va bir necha marotaba ko‘rib chiqilgandan so‘ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilingani, shundan so‘ng Senatda ma’qullangani ta’kidlangan.

"Ushbu qonun O‘zbekistonda huquqiy tizimni kuchaytiradi va mamlakatning xalqaro reytingdagi o‘rnini yangi pog‘onaga olib chiqadi", – deb yozilgan.

Mavzuga oid