O‘zbekiston | 07:44 / 14.12.2024
4467
1 daqiqa o‘qiladi

3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. 

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura xabar berishicha, Namangan shahridagi MChJ rahbari va boshqalar jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan

Oqibatda 3 mlrd so‘mlik tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Mazkur holat bo‘yicha jamiyat rahbari B.J., jamiyat ish boshqaruvchisi S. va “Namanganshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi sobiq gazchisi O.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibida ushlangan.

Mavzuga oid