Markaziy Bank noyabrda sakkizta bankni jarimaga tortdi
Shuningdek, 7 ta to‘lov tashkiloti va 12 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.
Markaziy Bankning Nazorat qo‘mitasi noyabr oyidagi tekshiruvlar natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 22 ta bank va 3 ta to‘lov tashkilotini chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirdi.
Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik, Markaziy Bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlar talablari hamda ko‘rsatmalariga rioya qilinmaganligi, shuningdek, o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 8 ta bank, 7 ta to‘lov tashkiloti va 12 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.
Markaziy Bank xabarida chora ko‘rilgan banklar nomi va jarimalar miqdori haqida ma’lumot berilmadi.
Bundan tashqari, Bank nazorati qo‘mitasining tegishli qarori bilan 7 ta bank 2025 yil uchun tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida belgilandi.
Mavzuga oid
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
17:55 / 11.12.2024
Kredit olishdan ixtiyoriy voz kechish mexanizmi joriy etiladi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
12:29 / 30.11.2024