Toshkentda 200 ming so‘mlik qalbaki banknotlarni tayyorlagan shaxslar ushlandi
Ular qalbaki pullarni 20 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida 60 mln so‘mlik qalbaki pullarni 20 mln so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi.
Qayd qilinishicha, E.A. 200 ming so‘mlik kupyuradagi jami 300 dona 60 mln so‘m qalbaki pulni 20 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, uning avtomobilidan 4 dona qalbaki kupyura hamda 200 ming so‘mlik milliy valuta surati tushirilgan 89 dona A4 formatdagi qog‘oz, chizg‘ich, qaychi va kanselyariya pichog‘i topilgan. Shuningdek, yana ikki nafar fuqarodan kompyuter va rangli printer ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:35
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024