Xitoy birinchi «gipertovushli samolyot»ni sinovdan o‘tkazdi
Samolyot haqidagi ma’lumotlar 3 yil davomida sir saqlandi, u hali ham to‘liq tayyor emas.
Xitoy parvoz sinovlari vaqtida gipertovush tezligiga (Max 5 va undan yuqori) erisha oladigan reaktiv samolyot prototipi yaratilganini e’lon qildi. Interesting Engineering bu haqda yozdi.
Dizaynerlarning ta’kidlashicha, yetarlicha katta korpusga ega prototipli samolyot 2021 yilda sinov parvozi paytida 6,56 Max (taxminan 5033 mil/soat) tezlikka erishgan. Sinov parvozi natijalari shu vaqtgacha muhandislar va Xitoy rasmiylari tomonidan sir tutilgan. Endi Xitoy Fanlar akademiyasi muvaffaqiyatini rasman e’lon qildi.
Loyiha menejeri Sui Kay so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi 2013 yilda gipertovushli samolyot konsepsiyasini taqdim etgan. Samolyot yo‘lovchilar va yuklarni Pekindan Nyu-Yorkka ikki soatda olib borishi mumkinligini aytilmoqda. Bugungi kunda bunday parvoz 13 soat davom etadi.
Xitoy Fanlar akademiyasining press-relizida aytilishicha, Sui va uning jamoasi konsepsiyani yaratish uchun qariyb uch yil vaqt sarfladi. Keyin 2018 yilda Sui jamoasi gipertovush tezlikda ucha oladigan reaktiv samolyot dizaynini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgani haqida bir nechta xabarlar paydo bo‘ldi.
Muhandislar 2021 yilda Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Gobi cho‘lida gipertovushli samolyot prototipini sinovdan o‘tkazdi. Sinov parvozi 20 daqiqa davom etdi.
Suining ta’kidlashicha, uning jamoasi hali ham «quvvat, materiallar va dizayn» bilan bog‘liq bir qancha muammolarni hal qilishi kerak. Demak, samolyotni seriyali ishlab chiqarishga hali ancha vaqt talab qilinadi.
Mavzuga oid
11:25
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024
Xitoyda dunyodagi eng katta suvosti tunnelining qurilishi yakunlandi
17:13 / 20.12.2024
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishining boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi
12:46 / 20.12.2024